Toshkentda Vatanimiz tarixi va buguni aks ettirilgan fotoko‘rgazma ochildi

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Bugun poytaxtimizdagi fotosuratlar uyida “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida davlat arxivlarida saqlanayotgan yurtimiz mustaqilligiga oid arxiv va foto hujjatlarning “Mustaqil vatan: shonli tarix— Yangi O‘zbekiston” nomli ko‘rgazmasi ochildi.
Fotoko‘rgazma ekspozitsiyasiyaning markazida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan xalqimizning istiqlolga bo‘lgan so‘nmas umidlari, Turkiston ozodlik harakatlari, jadidchilik harakati, Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari hayoti aks etgan. Ilk mustaqillik yillarida yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, shu bilan bir qatorda 1991 yil 1 sentyabr mustaqillikni eʼlon qilinishi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti aks ettirilgan fotosuratlar namoyish etilmoqda.
—Avvallari arxivdan biror bir arzimagan hujjatni olish uchun kunlab vaqtimizni yo‘qotardik. Hozirgi kunda esa xalq arxivga emas, arxiv xalqqa yaqinlasha boshladi, — deydi jurnalist Nasiba Ibragimova. — Badiiy akademiyaning fotoko‘rgazmalar uyida har yili turli mavzularga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etilyapti. Bugun ham vatanimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmani ko‘rib ko‘nglimda cheksiz iftixor tuydim. Arxiv suratlarini tomosha qilar ekansiz istiqlolga osongina erishib qolmaganimizni, uning ortida qanchadan-qancha ajdodlarimiz fido bo‘lganligini bilasiz. Bu fotoko‘rgazmaga barcha yoshlarni, yutdoshlarimizni taklif etib qolaman.
Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimiz mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida foto va arxivlar namoyishi keng ommaga yetkazilmoqda. Tarix va kelajakni bog‘lovchi ushbu tantanalar shukuhi, avvalo, kimlarning avlodi ekanimizni, mustaqillik osongina kelmagani— mashaqqatli mehnat, xalqimizning boshdan kechirgan sinovlari va qurbonlari evaziga kelganini ko‘rsatib berdi.
Elyor HAYDAROV
(“Xalq so‘zi”).
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring