Toshkentda turistik yoʻl koʻrsatkichlar oʻrnatish ishlarining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi turistlar orasida mashhur boʻlgan madaniy meros obyektlariga olib boruvchi yoʻllar boʻyida 2 xil tildagi (oʻzbek va ingliz tillarida), belgilangan standartlarga muvofiq turistik yoʻl koʻrsatgichlari oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi. Bu nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi va poytaxtimiz mehmonlariga qulaylik yaratgan holda moʻljallagan manzillariga tez va oson yetib olishlari uchun keng imkoniyat beradi.
“Shu kabi loyihalarni davomiyligini taʼminlash maqsadida joriy yilning yakuniga qadar Toshkent shahridagi turistlar koʻp tashrif buyuradigan Madaniy meros obyektlarida jami 90 ta turistik yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish rejalashtirilmoqda” deyiladi departament axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring