Toshkentda toʻyi kuni mashinadan tanasini chiqarib harakatlangan kelin-kuyov javobgarlikka tortildi
Toshkent shahrida toʻy kuni huquqbuzarlik sodir etgan kelin va kuyov javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 25-aprel kuni soat 22:30 larda “Bektemir” toʻyxonasidan “Mercedes-Benz” transport vositasida uyga qaytayotgan kelin harakatlanayotgan mashinaning lyukidan, kuyov esa orqa chap oynasidan tanasini chiqarib, qoidabuzarlik sodir etgan.
Sodir boʻlgan holat yuzasidan shahar IIBB YHXB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 138-modda (piyodalar va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, haydovchining avtomashinani boshqarish uchun tegishli hujjatlari boʻlmagani sababli unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi (yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va transport vositasi jarima maydoniga qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring