Toshkentda taksi haydovchisi sherigi bilan birga yoʻlovchini talon-toroj qildi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
2022-yil 08-yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 34 yoshli X.J. Yashnobod tuman IIO FMB boshligʻi nomiga murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:30da Toshkent xalqaro aeroporti yonida “Vodiy pitak”ga borish uchun “Lacetti” rusumli avtomashinaga oʻtirganligi, Yashnobod tumani TXAY koʻchasida joylashgan Andijon viloyatiga harakatlanadigan yoʻlovchi mashinalar turargohiga yetib kelishganida, avtomashina haydovchisi va yonida boʻlgan yoʻlovchisi uni mashinadan tushirib, birgalikda qoʻllarini ushlab, boʻynidan boʻgʻib, jami 800 AQSH dollari miqdoridagi pullarini ochiq-ochiqdan talon-toroj qilib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringanliklarini maʼlum qilib ushbu nomaʼlum shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli U.S. va Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli Yu.A.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat boʻyicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan U.S. va Yu.A.,larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlanishgan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring