Toshkentda shaxmat boʻyicha “Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda
Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonlik qilayotgan turning umumiy mukofot jamgʻarmasi 18 ming AQSH dollariga teng.
Musobaqada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 57 nafar shaxmatchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda. Musobaqaning 6 ta turi ortda qoldi. Uning natijalariga koʻra, yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko toʻplagan holda peshqadamlik qilmoqda. Keyingi oʻrinlarni 7 shaxmatchi egallagan. Barchasida bir xil natija: 4,5 ochko. Ular Ortiq Nigʻmatov, Saidakbar Saydaliyev, Bobir Sattorov (Oʻzbekiston), Azamat Utegaliyev, Ramazon Shalmaxanov, Murtas Kashgaliyev (Qozogʻiston), Mustafaxoʻja Husenxoʻjayev (Tojikiston). Qizlar orasida 4 ochko bilan Nilufar Yoqubboyeva (Oʻzbekiston) peshqadamlikni saqlab turibdi.
“Central Asia Chess Cup 2023” xalqaro 24-yanvarga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring