Toshkentda quvvatlagichda turgan elektromobil yonib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Chilonzor tumanida quvvatlagichda turgan elektromobil yonib ketdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa boʻyicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 28-avgust kuni soat 08:09 da Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida elektromobil yonayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 08:15 da yetib borib, soat 08:19 da alangani toʻliq oʻchirgan. Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
IIBB YHXB xabariga koʻra, elektromobildagi yongʻin u quvvatlagichda turgan vaqtida yuz bergan. FVB eʼlon qilgan rasmdan koʻrish mumkinki, transport vositasi butunlay yonib ketgan.
Hozirda mazkur yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring