Toshkentda qiymati 1 milliard soʻmlik yaroqsiz tibbiy buyumlar savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, “N.M.” MCHJ rahbari A.A. hamda fuqarolar X.Sh. va I.R. fuqaro B.G.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 574 ming 560 dona yaroqsiz holatdagi «Sistema infuzion» tibbiy buyumlarini 55 ming 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, oʻtkazilgan ekspertiza xulosalarida maʼlum boʻlishicha, ushbu tibbiy buyumlarning umumiy bahosi 1 milliard soʻmni tashkil etishi hamda qoʻllanishga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring