Toshkentda “Oʻzbekistonning demokratik rivojlanishida fuqarolik jamiyatining oʻrni: global chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi (+fotoreportaj)

18:20 19 Sentyabr 2025 Jamiyat
290 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Bugun, 19-sentyabr kuni Toshkentda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tashabbusi bilan “Oʻzbekistonning demokratik rivojlanishida fuqarolik jamiyatining oʻrni: global chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Фото: Юнус Бўриев/«Халқ сўзи»

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 15-sentyabr – “Xalqaro demokratiya kuni”ga bagʻishlangan mazkur anjuman BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT), shuningdek, “Yuksalish” harakati, Progressiv islohotlar markazi, Taraqqiyot strategiyasi markazi hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu konferensiyada Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Shvetsiya, Shveysariya, Polsha, Ozarbayjon, Qozogʻiston kabi davlatlardan “aql markaz”lari, tadqiqot institutlari, nodavlat tashkilotlari ekspertlari va Oʻzbekistondagi davlat organlari, jamoat tuzilmalari vakillari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tadbir davomida keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish boʻyicha yangicha tizim yaratilgani hamda ushbu sohani isloh etishga, nodavlat notijorat tashkilotlari erkin faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani taʼkidlandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida erkin fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish belgilandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va sogʻlom raqobat tamoyiliga asoslangan tizimini, ijtimoiy foydali dasturlar samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilgani alohida eʼtirof etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Unda fuqarolik jamiyati institutlari faolligini rivojlantirish orqali ularning salohiyatidan foydalanish, joylarda saqlanib qolayotgan dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, jamoatchilik nazorati olib borilishini ragʻbatlantirish kabi vazifalar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyati takomillashtirildi, fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bilan bogʻliq barcha jarayonlarning shaffofligini taʼminlashga qaratilgan yagona elektron platforma ishga tushirilgani qayd etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Mazkur farmonda har yili vazirlik va idoralar fuqarolik jamiyati institutlariga byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy buyurtma berish boʻyicha tanlovlar tashkil etishiga oid vazifa ham oʻz aksini topgan.

Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati institutlariga tegishli soha va tarmoqlarda mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida manfaatdor davlat organiga taklif kiritish huquqi berildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

2025-yil 21-avgust kuni qabul qilingan qonun bilan amaldagi 10 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritilib, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning yangi mexanizmlari belgilandi. Shuningdek, NNTlarning majburiyatlari aniqlashtirilib, homiylik faoliyati tartibi takomillashtirildi hamda davlat mansabdor shaxslarining NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarlik belgilandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratiga tegishli tashabbusi toʻliq kafolatlanib, davlat organlari jamoatchilik nazoratiga oid yakuniy hujjatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqmaganligi uchun javobgarlik belgilangani taʼkidlandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda 30 mingga yaqin fuqarolik jamiyati instituti faoliyat yuritmoqda va ularda 150 mingdan ortiq fuqarolar faoliyat yuritmoqda.

Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra, dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy muammolar sharoitida Oʻzbekiston milliy, mintaqaviy va global hamjihatlik, barqarorlik, bagʻrikenglik va oʻzaro manfaatli sheriklik asosida umumdemokratik tamoyillarni keng joriy qilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Anjuman davomida ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy masʼuliyati kabi sohalarda davlatimizning tajribasi haqida xalqaro ekspertlarning fikrlari tinglandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Xalqaro konferensiya davomida Yangi Oʻzbekistonning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohasidagi tajribasi Germaniya, Shveysariya, Yaponiya, Turkiya va Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasi bilan qiyoslanib, global miqyosda demokratik qadriyatlarni himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi sohadagi ilgʻor modellardan biri sifatida eʼtirof etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер