Toshkentda “Naqsh” hunarmandchilik maktabi ochildi
Ushbu loyiha Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Britaniyaning eng qadimiy anʼanaviy sanʼat maktabi — King jamgʻarmasi (KFSTA) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
“Naqsh” maktabining birinchi oʻquv yili besh kursdan tashkil topadi. Dastlabki mashgʻulotlar Toshkentda, 2-bosqich Samarqandda — Ulugʻbek madrasasida oʻtkazilib, talabalar XV asr yodgorliklari misolida islom sanʼatiga oid naqshlarni oʻrganadi.
“Qadimiy hunarlar zamon bilan hamnafas boʻlayotgani, ustalar esa ularni avloddan avlodga yetkazish uchun ilhom olayotgani quvonarli hol”, — deydi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Maʼlumot uchun. King jamgʻarmasi (KFSTA) koʻp yillardan buyon dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarga meʼmorchilik, naqsh, xattotlik va amaliy sanʼat sirlarini oʻrgatib kelayotgan maskan hisoblanib, endilikda bu boy tajribadan Oʻzbekistonda ham bahramand boʻlish imkoni paydo boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring