Toshkentda “Men gʻolib” shiori ostida yugurish marafoni oʻtkazildi

19:13 15 May 2022 Sport
1186 0

Foto: Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida “Men gʻolib” shiori ostida yugurish marafoniga start berildi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Tadbir ochilishiga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, Qurolli kuchlar faxriylari hamda turli vazirliklar va tashkilotlardan kelgan mehmonlar hamda sportga befarq boʻlmagan koʻngillilar jam boʻldi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Marafon qatnashchilari Qoraqamish, Kichik halqa yoʻli, Sagʻbon, Oltinsoy, Dilsaroy koʻchalari orqali “Gʻalaba bogʻi”dagi finishga yetib kelishdi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Mazkur marafon fuqarolar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni ertangi kunga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

“Men gʻolib” shiori ostidagi marafonda yurt posbonlari Vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib, belgilangan masofani bosib oʻtishdi. Bu esa poytaxt koʻchalariga bayramona kayfiyatni olib kirdi, desak mubolagʻa emas.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Harbiy xizmatchilar oʻrtasidagi marafonda 1 oʻringa Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan Markaziy harbiy okrugi harbiy xizmatchisi, leytenant Nuriddin Rahmatov sazovor boʻldi. 2 oʻrin esa Davlat xavfsizlik xizmati vakiliga nasib etgan boʻlsa, 3 oʻrinni ham Mudofaa vazirligi jamoasi vakili qoʻlga kiritdi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Jismoniy imkoniyat, kuch va irodaning mustahkamligini sinovdan oʻtkazish imkonini bergan marafonda oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari orasidan ham gʻoliblar aniqlandi. Unga koʻra 3 oʻrin Ichki ishlar akademiyasi, 2 oʻrin Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda 1 oʻrin Qurolli kuchlar akademiyasi sharafini himoya qilgan kursantlarga nasib etdi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Umumjamoa hisobida 3 oʻrinni Prezident Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi egalladi. 2 oʻrinni Davlat xavfsizlik xizmati vakillari qoʻlga kiritishgan boʻlsa, marafonning mutlaq gʻolibi sifatida Mudofaa vazirligi jamoasi eʼtirof etildi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

Marafon soʻngida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, kubok hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Sirojiddin Voxidov / “Xalq soʻzi”​

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?