Toshkentda mast erkak devordan tanishining mashinasi ustiga sakrab, uni haydab ketdi
Foto: Illustrativ surat
Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs avtoturargohdagi avtomashinaga devordan sakrab tushib, uni boshqargani aks etgan video tarqaldi. Hodisa keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 9-avgust kuni soat 08:00 larda Bektemir tumanidagi savdo majmualaridan birida sodir boʻlgan. 1991-yilda tugʻilgan B.K. mast holda tanishi — 1996-yilda tugʻilgan N.B.ga tegishli “Vaz-2108” avtomashinasi ustiga avtoturargoh devoridan sakrab tushib, tom qismiga shikast yetkazgan.
Shundan soʻng u avtomashinani avtoturargoh hududida haydab yurgan. Aniqlanishicha, B.K. mast holatda boʻlgani sababli savdo majmuasiga kiritilmagan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida u ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.K.ga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 200-moddasi (“Oʻzboshimchalik”), 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring