Toshkentda “Malibu” haydovchisi YPX xodimini sudrab ketdi

Videodan kadr
Toshkent shahrida yuqori tezlikda harakatlangan “Malibu-2” haydovchisi YPX xodimini sudrab ketdi. Holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, deb xabar bermoqda YHXB.
Qayd etilishicha, hodisa Mirobod tumani Nukus—A.Qahhor koʻchalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Haydovchi “Malibu-2” rusumli avtomobil davlat raqam belgilarini oʻzboshimchalik bilan yechib, maxsus antenna va “sirena” moslamasini oʻrnatib, yuqori tezlikda harakatlangan. U bu orqali oʻzi va oʻzgalarning hayotini xavf ostiga qoʻygan.
Bundan tashqari, bir necha marotaba YPX xodimlarining toʻxtash ishoralariga boʻysunmasdan harakatni davom ettirgan va ulardan birini avtomobilda turtib yuborgan. Shundan soʻng Nukus koʻchasi boʻylab “kapot” ustida sudrab ketgan. Oqibatda tan jarohati olgan YPX xodimiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring