Toshkentda madaniy anʼanalar va milliy taomlar festivali oʻtkazildi

Toshkentda XXI Anʼanaviy madaniyat va milliy taomlar xayriya festivali boʻlib oʻtdi. Mazkur festival Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlarni birlashtiradi va mamlakat aholisini dunyo oshxonasi va madaniyatining xilma-xilligi bilan tanishtiradi. Anʼanaga aylangan tadbir Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik xizmat koʻrsatish boshqarmasi koʻmagida oʻtkazildi. Joriy yilgi festivalda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan 20 dan ortiq diplomatik missiya vakillari ishtirok etdi. Elchixona xodimlari oʻz mamlakatlarining milliy taomlari va ekzotik noz-neʼmatlari bilan mehmonlarni siylab, oʻz oshpazlik mahoratlarini namoyish etdilar.
Festival doʻstlik va oʻzaro hurmat muhitida boʻlib oʻtdi. Mehmonlar nafaqat noyob taomlardan tatib koʻrish, balki ularni tayyorlash jarayonida shaxsan ishtirok etish, turli xalqlarning madaniy anʼanalari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar. Konsert dasturiga alohida eʼtibor qaratildi: tomoshabinlar milliy raqslar, musiqa va anʼanaviy liboslar namoyishi bilan yorqin chiqishlarni koʻrdilar, bu haqiqiy bayram kayfiyatini yaratdi. Taʼkidlash joizki, taomlar savdosi va homiylik badallaridan yigʻilgan barcha mablagʻlar Oʻzbekiston mehribonlik uylariga xayriya tashabbusining bir qismi sifatida yoʻnaltiriladi.
Festivalning ochilish marosimida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Qahramon Sariyev va Diplomatik xizmat koʻrsatish boshqarmasi direktori Oybek Egamberdiyev soʻzga chiqdi.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring