Toshkentda “Lacetti” va skuter toʻqnashdi

10:23 26 Noyabr 2024 Jamiyat
167 0

Foto: IIBB YHXB

Toshkent shahrida “Lacetti” va skuter oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 24-noyabr kuni soat 01:10 larda Chilonzor tumani KHAY-Qatortol koʻchalari kesishmasida sodir boʻlgan. Unda haydovchi 1971-yilda tugʻilgan D.J. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli transport vositasi va 2004-yilda tugʻilgan D.A. boshqaruvidagi skuter transport vositalari toʻqnashgan.

YTH oqibatida skuter transport vositasining haydovchisiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?