Tramp: Isroil va HAMAS oʻrtasidagi urush yakunlandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bilan Falastinning HAMAS harakati oʻrtasidagi urush yakunlanganini eʼlon qildi. Bu haqda u Isroil parlamenti — Knessetdagi chiqishi oldidan jurnalistlarga maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Trampning soʻzlariga koʻra, u HAMAS rahbariyati qurolsizlanish boʻyicha rejani toʻliq amalga oshirishiga ishonadi.
“Bu men uchun katta sharaf. Buyuk va goʻzal kun, yangi boshlanish”, — deb yozgan Tramp Knesset mehmonlar daftarida.
Maʼlumot uchun, Gʻazo sektoridagi oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi 10-oktyabrdan kuchga kirgan boʻlib, u Donald Trampning tinchlik rejasi doirasida amalga oshirilgan.
HAMAS allaqachon 20 nafar isroillik garovdagini ozod etib, ularni Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring