Toshkentda “Lacetti” va “Leapmotor” ishtirokida ayanchli YTH sodir boʻldi (+video)

12:33 15 Fevral 2026 Jamiyat
303 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Lacetti” hamda “Leapmotor” avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, bugun, 15-fevral kuni soat 09:00 larda Sergeli tumani Qipchoq-Quruvchilar koʻchalari chorrahasida “Lacetti” rusumli avtomobil hamda “Leapmotor” rusumli avtomobillar toʻqnashuvi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Lacetti” rusumli avtomobil haydovchisiga va bekatda turgan 1 nafar piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер