Toshkentda yoʻlovchi avtobusi, “Cobalt” va “Tracker” ishtirokida YTH sodir boʻldi

18:01 24 Sentyabr 2024 Jamiyat
278 0

Toshkent shahrida “Cobalt”, “Tracker” va “King Long” rusumli avtobus ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayde tilishicha, hodisa bugun, 24-sentyabr kuni soat 10:10 larda Olmazor tumani Talabalar koʻchasida yuz bergan. Dastlabki maʼlumotga koʻra, YTH “Cobalt” haydovchisining aybi bilan sodir etilgan.

Hodisa oqibatida “Tracker” haydovchisi K.F, yoʻlovchisi T.M va E.Alar yengil tan jarohati olgan. “Cobalt”va “Tracker” hamda avtobus texnik shikastlangan.

Manbaga koʻra, hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?