Toshkentda issiq suv va isitish tariflari oshiriladi
Toshkent shahrida issiq suv va isitish narxlari oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda 22-avgust kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qabul qilgan qarorda maʼlum qilindi.
Aholi uchun chakana tariflar 15 foizga oshadi — 121 617 soʻmdan 139 860 soʻmgacha (QQSsiz).
Yuridik shaxslar uchun tarif 40 foizga — 244 497 soʻmdan 342 296 soʻmgacha koʻtariladi.
Byudjet tashkilotlari uchun narx 18,8 foizga — 801 963 soʻmdan 952 797 soʻmgacha oshiriladi.
Baza tarifi esa 7 foizga koʻtarilib, 664 465 soʻmdan 711 641 soʻmgacha yetadi.
Hozircha yangi tariflarning aniq qachondan kuchga kirishi maʼlum emas. Avvalroq Veolia Energy Tashkent kompaniyasi ularni joriy yilning 1-oktyabridan oshirishni taklif qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring