Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi (video)
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida issiq suv quvurida avariya yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Mirobod tumani hokimligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, holat gidravlik sinov vaqtida “Fayziobod GAI” hududida roʻy bergan va shu joyning oʻzida barcha choralar koʻrilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Qoʻshimcha qilinishicha, ayni kunlarda Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan oʻtkazish ishlari davom etmoqda.
“20-iyundan 2-avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) oʻtkaziladi. Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi, issiq suv yoʻllar va yoʻlaklarga chiqishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgani ortidan koʻchalarni suv bosgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring