Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining V Biznes-forumi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston poytaxtida ish boshlagan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) XVI sammiti arafasida mazkur birlashmaga aʼzo davlatlarning V Biznes-forumi oʻtkazildi.
Tadbir Oʻzbekiston va IHT Savdo-sanoat palatalari hamda mazkur Tashkilot kotibiyati tomonidan tashkil etildi.
Xalqaro iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻlgan biznes-forum IHTga aʼzo davlatlar Savdo-sanoat palatalari, vazirliklari, tegishli idoralari, banklari va xususiy kompaniyalari rahbarlari hamda vakillarini bir maydonga jamladi.
Forumda Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiyadan 300 dan ortiq delegatlar va 300 dan ortiq mahalliy biznes vakillar ishtirok etishdi. Ular IHT doirasidagi hamkorlikning holati, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va faollashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Ushbu biznes-forumdan koʻzlangan maqsad IHT mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, Oʻzbekiston tadbirkorlari bilan ushbu tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida yangi aloqalarni oʻrnatishdan iborat.
Xorijiy ishbilarmon doiralar bilan bunday keng koʻlamli va koʻp formatli hamkorlik dunyo hamjamiyati, ishbilarmon doiralar va yirik investorlarning yirik loyihalarni amalga oshirish, samarali hamkorlikni chuqurlashtirish, qitʼa chorrahasi sifatidagi mamlakatimiz ulkan salohiyatini roʻyobga chiqarishdan manfaatdor ekanidan dalolatdir.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va IHT oʻrtasida uzoq muddatli istiqbolda samarali munosabatlarni yoʻlga qoʻyish uchun mustahkam zamin yaratilib, hamkorlikda ishlash boʻyicha katta tajriba toʻplandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz har tomonlama sheriklik munosabatlarini qaror toptirishga oʻz hissasini qoʻshish barobarida IHTga aʼzo davlatlar bilan ham munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.
Forum doirasida aralash formatda ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati, savdo va boshqa sohalarda ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish boʻyicha keyingi amaliy qadamlar belgilab olindi.
Biznes-forum yakunida ishtirokchilar bunday tadbirlarni oʻtkazish amaliyotini davom ettirish taklifini bildirishdi va IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlik uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan koʻp tomonlama sheriklikning yangi yoʻnalishlarini belgilab, muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring