Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Belarus Respublikasi Milliy majlisi delegatsiyasi tashrifi doirasida Ikkinchi O‘zbekiston-Belarus ayollari biznes-forumining “Anʼanaviy biznesdan “yashil” biznes sari” mavzusidagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 500dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi.
Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, yalpi majlisda ikki mamlakat hukumatlari vakillari, vazirlik va idoralari rahbarlari ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston-Belarus ayollar biznes-forumining natijalari ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali iqtisodiy sheriklikni davom ettirishga asos bo‘layotganini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar birinchi biznes-forum natijasida erishilgan hamkorlik aloqalar yangi istiqbolli loyihalarga yo‘l ochayotganini qayd etdi.

O‘z navbatida, muloqot davomida kimyo, farmatsevtika, yog‘ochga ishlov berish sanoatida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or texnologiyalar bilan almashish, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadga muvofiqligiga urg‘u berildi.
Shu bilan birga global miqyosdagi “yashil kun tartibi”ning dolzarbligi hisobga olinib, elektr energetikasi va “yashil” energetika sohasidagi hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etishi, ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar sohasida ham faol hamkorlik zarurligi bildirildi.

Muloqot davomida forum doirasida erishilgan biznes loyihalar va kelishuvlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish, talabalar, o‘qituvchilar, turli xizmat va bo‘limlar mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba almashish va amaliyot o‘tashni kengaytirish, ekologik xavfsizlik kafolatlarini amalga oshirish borasida hamkorlik qilish kabi takliflar ham ilgari surildi.
Yalpi majlis so‘nggida ikki mamlakat biznes doiralari va ishbilarmonlari o‘rtasida xizmatlar sohasi, kimyo va yog‘ochni qayta ishlash, yengil, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va elektr texnika sanoati, elektr energetika va “yashil” energetika kabi iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari, tijorat bitimlari imzolandi.
















Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring