Toshkentda IIB xodimiga 50 ming dollar pora taklif qilgan shaxs ushlandi
 
                Videodan kadr
Toshkent shahar IIBBning rahbar xodimlaridan biriga jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik evaziga 50 ming dollar taklif qilgan jinoiy javobgarlikka tortildi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda ijtimoiy tarmoqlarda qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish, shuningdek, xizmatlar koʻrsatishga koʻmaklashish faoliyatini amalga oshirib kelgan bir nechta shaxslardan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyilgan.
Aniqlanishicha, qoʻlga olingan jinoiy guruh aʼzolari xorijiy onlayn qimor kompaniyalariga xizmat koʻrsatib, qimor oʻyinlari orqali olingan mablagʻlarni turli kriptovalyuta platformalari orqali oʻtkazgan va legallashtirgan. Ulardan toʻrt dona mobil telefon va pul yuvish uchun foydalanilgan 21 dona bank kartalari, shuningdek, bir dona noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shundan soʻng, hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov boʻlimiga topshirilgan. Mazkur holat boʻyicha olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida gumonlanuvchi shaxslardan biri ishni “yopdi-yopdi” qilish evaziga poytaxt IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul rahbarlaridan biriga 50 ming dollari miqdorida pora taklif qilgan.
Biroq ichki ishlar xodimi holat boʻyicha rahbariyatga bildirgi orqali murojaat qilgan. Uning bildirgisi asosida IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida gumonlanuvchi IIO masʼul rahbarining xizmat xonasiga kirib, pora tariqasida 50 ming dollarni bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan va bu jarayon xolislar ishtirokida bayonnoma asosida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllangan, tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring