Toshkentda har ikki yilda bir marta Xalqaro sirk sanʼati festivali oʻtkaziladi
Oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish va “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasini investorlarga berish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Samarqand, Fargʻona va Xiva shaharlarida 500-700 oʻringa moʻljallangan sirklar tashkil etiladi.
Qaror bilan, 2019-2020 yillarda oʻzbek sirk sanʼatini yanada rivojlantirish hamda “Oʻzbek davlat sirki” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Mazkur reja quyidagilarni nazarda tutadi:
2020 yilgacha sirk tomoshalari sonini kamida 500 tagacha, 2022 yilgacha esa 1000 tagacha yetkazish;
2019 yil oxirigacha sirk zalining tomoshabinlar bilan toʻlish darajasini kamida 60 foizga va 2022 yilga borib 75 foizga yetkazish;
Fransiyaning “Cirque du Soliel”, Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki, Rossiyaning “Moskva sirki”, “Moskva katta sirki”larining gastrollarini respublikamizda tashkil etish.
Endilikda Monte-Karlo va Budapesht xalqaro sirk festivallarida 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan “Oʻzbek davlat sirki” ijodiy jamoasining har bir aʼzosi eng kam oylik ish haqining tegishlicha 100, 80 va 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
“Oʻzbek davlat sirki”ga investorlarni jalb etish maqsadida doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatishni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klubi” tashkil etiladi.
2021 yildan Toshkent shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro sirk sanʼati festivali oʻtkaziladi.
2019 yil 1 iyungacha Mehnat kodeksiga 14 yoshga toʻlmagan shaxslarning sirk, teatr, kino va konsert tashkilotlarida ijodkor lavozimida ishlashi mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2019 yilda oʻzbek sirkiga 105 yil toʻlishi munosabati bilan “Oʻzbek davlat sirki” nomli kitob-albom nashr etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring