Toshkentda “Green Art” xalqaro landshaft san’ati ekofestivali – Fotoreportaj

18:32 27 Aprel 2023 Jamiyat
1289 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

     2023 yilning 27-29 aprel kunlari Toshkent shahrida “Green Art” xalqaro landshaft san’ati ekofestivali bo‘lib o‘tmoqda.

   Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bog‘liq dolzarb masalalarga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishga qaratilgan. Shuningdek, festival doirasida xalqaro ilmiy anjuman, yoshlar forumi hamda mahalliy iqlim sharoitiga mos landshaft arxitekturasi bo‘yicha amaliy ko‘rgazma tashkil etish ham rejalashtirilgan.

   -Tabiat resurslari vazirligi ko‘magida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir orqali, eng avvalo, korxona-tashkilotlar xodimlarining kasbiy, ekologik savodxonligi hamda malakasini oshirish, bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini zamonaviy mezonlara asosida rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda,-deydi Landshaft san’ati uyushmasi rahbari Tatyana Yugay.

– Shuningdek, o‘zaro tajriba almashish jarayonida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan malakali va  tashabbuskor yosh mutaxassislarni tanlab olishni maqsad qilganmiz. Buning samarasi sifatida talabalar loyihalash, ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chatlarni parvarish qilishdan tortib, boshqa mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan barcha jarayonga faol jalb etiladi.

    Mamlakatimiz hamda Markaziy Osiyo davlatlarini manzarali ko‘chatlar bilan ta’minlash uchun yangi ko‘chatzorlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

 Ta’kidlash joizki, ekofestival doirasida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etishi hamda o‘zaro tajriba almashishi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston va Qozog‘istondagi ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, yosh mutaxassislar ta’lim dasturida ishtirok etib, o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazishadi.

 Tanlov yakunida eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va amalga oshiriladi.

Botir MADIYOROV “Xalq so‘zi”

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер