Toshkentda “Green Art” xalqaro landshaft sanʼati ekofestivali boʻlib oʻtadi
2023 yilning 27-29 aprel kunlari Toshkent shahrida “Green Art” xalqaro landshaft sanʼati ekofestivali boʻlib oʻtadi. Maqsad mamlakatimizdagi ekologiya va koʻkalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat. Festival doirasida xalqaro ilmiy anjuman, yoshlar forumi va koʻrgazma oʻtkaziladi.
Tadbir Oʻzbekiston Tabiat resurslari vazirligi koʻmagida Landshaft sanʼati uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.
Festivaldan koʻzlangan maqsadlar:
— idoraviy tashkilotlar xodimlarining kasbiy, ekologik savodxonligini, malakasini oshirish;
— bogʻdorchilik jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish;
— ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlari talabalari orasida yuqori malakali, gʻoyaviy, tashabbuskor mutaxassislarni shakllantirish. Talabalarni barcha jarayonlarga faol jalb etish — loyihalash, koʻkalamzorlashtirish va koʻchatlarni parvarish qilishdan tortib, boshqa mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan universitetlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
— Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasini koʻchat materiallari bilan taʼminlash uchun yangi koʻchatzorlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
— yuqori sifatli ekish materialini shakllantirishning zamonaviy usullaridan foydalanish.
Koʻrgazma-savdoda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va pitomniklar oʻz mahsulotlari darajasi va sifatini namoyish etish, oʻzaro tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Yoshlar forumi doirasida Oʻzbekiston, shuningdek, Qozogʻiston ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlari talabalari va yosh mutaxassislari taʼlim dasturida ishtirok etib, oʻz loyihalarini yaratadilar. Tanlov natijalariga koʻra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring