Toshkentda Germaniya va Oʻzbekiston turizm yoʻnalishi tadbirkorlari uchun “Destination Forum” anjumani oʻtkaziladi
Toshkent shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan hamda Germaniya turistik assotsiatsiyasi (Deutscher Reiseverband e.V. – DRV) bilan hamkorlikda Germaniya va Oʻzbekiston turizm sohasi vakillari uchun “Destination forum” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
Germaniyaning yirik turkompaniyalari yordamida Oʻzbekistonning turizm imkoniyatlarini Gʻarbiy Yevropa boʻylab targʻib qilish va ushbu qitʼadan yurtimizga keluvchi turistlar sonini koʻpaytirish maqsadida joriy yilning 10-17-may kunlari Germaniyaning 80 nafar turistik operatorlarining Oʻzbekistonga tashrifi tashkil etilmoqda.
DRV - Germaniyaning turizm sohasidagi yetakchi assotsiatsiya boʻlib, u mamlakat turizm bozorining umumiy daromadining qariyb 90 foizini oʻzida jam qiladigan turizm yoʻnalishidagi barcha tashkilotlarni qamrab oladi.
Sayohat davomida germaniyalik turoperatorlarni soʻnggi yillarda turizm sohasida olib borilgan islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib, ular uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, madaniy meros obyektlari, turizm qishloqlari va oilaviy mehmon uylari boʻylab info-turlar tashkil etiladi.
Sayohat yakunida, joriy yilning 16-may kuni germaniyalik va oʻzbekistonlik turizm yoʻnalishi tadbirkorlari ishtirokida “Destination Forum” anjumani va B2B uchrashuvlar tashkil etiladi.
“Destination Forum” davomida Germaniyaning eng yirik sayyohlik agentliklari va turoperatorlariga yevropaliklar uchun Oʻzbekistonni ustuvor sayyohlik yoʻnalishi sifatida tanishtirishga qaratilgan taqdimotlar oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring