Toshkentda fuqaro uyini taʼmirlash vaqtida yertoʻladan granata va qurollar topib oldi (+video)
Toshkentda fuqaro uyini taʼmirlash vaqtida oʻq-dorilar, qurol va portlovchi moddalar topib oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu yilning 2-dekabr kuni 1987-yilda tugʻilgan fuqaro Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, uyini taʼmirlash vaqtida yertoʻladan qurol va oʻq-dorilar topgani va ularni oʻz ixtiyori bilan topshirishini maʼlum qilgan.
Kelib tushgan mazkur murojaat yuzasidan tezkor tadbir xodimlari tomonidan ushbu fuqaroning yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida fuqaroning yashash xonadoni yertoʻlasida bir dona RGD-5 qoʻl granatasi, bir dona TOZ-8 rusumli oʻqotar qurol, bitta IJ-27E rusumli oʻqotar qurol, portlatish qurilmasi, besh dona qoʻl granat zapali, bir dona elektrodetonator hamda uning portlovchi shnuri va 546 dona turli xildagi jangovar oʻq-dorilar hamda 1 ming 100 dona pnevmatik qurol oʻqlari, shuningdek, oʻtkir tigʻli jismlar borligini aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor surishtiruv davomida mazkur qurol, oʻq-dorilar va portlovchi moddalar uning marhum otasiga tegishli ekanligi maʼlum boʻlgan. Ushbu shaxs Mudofaa vazirligining turli boʻlinmalarida faoliyat yuritib, Mudofaa vazirligi huzuridagi Qurolli kuchlar akademiyasidan nafaqaga chiqqani haqidagi maʼlumotlar olingan.
Eslatib oʻtamiz, shu kabi vositalarni noqonuniy saqlash, olib yurish yoki ixtiyoriy topshirmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Jinoyat kodeksining 248-moddasiga asosan, ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring