Makron AQSHni Grenlandiya masalasida Yevropaga bosim oʻtkazayotganlikda aybladi

20:33 10 Fevral 2026 Dunyo
758 0

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, AQSH Yevropa Ittifoqiga ayrim sohalarda, jumladan farmatsevtika va raqamli xizmatlar yoʻnalishida iqtisodiy bosimni davom ettirmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

Makron Grenlandiya atrofidagi vaziyat haqidagi savolga javob berar ekan, shunday dedi:

“Inqiroz avj olganidan keyin maʼlum bir yengillik paydo boʻladi. Masalan, 2025-yil yozida YI va AQSH oʻrtasida savdo bojlari boʻyicha kelishuv imzolangan edi. Avvaliga tahdidlar va qoʻrqitishlar boʻladi, keyin esa Vashington kutilmaganda ortga chekinadi va bizga hammasidek tuyuladi. Lekin bunga bir soniya ham ishonmang. Har kuni farmatsevtika, raqamli texnologiyalar boʻyicha yangi tahdidlar kelib tushyapti”.

Fransiya rahbarining fikricha, bunday sharoitda yevropaliklar murosaga borishga urinishi kerak emas. U soʻnggi oylarda bu strategiya samara bermaganini taʼkidladi. Makron bu yondashuv Vashingtonga bogʻliqlikni yanada kuchaytirishini aytdi va Yevropaga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning 60 foizi AQSH hissasiga toʻgʻri kelishini eslatdi.

Shuningdek, Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi xavfsizligini kafolatlash masalasida AQSHning kelgusida ham tayyor boʻlishiga shubha bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер