Toshkentda fuqaro avtokreditga olingan “L9”ni naqdga pullab yubordi

19:42 06 Noyabr 2024 Jamiyat
207 0

Foto: Prokratura departamenti

Toshkent shahrida avtokredit evaziga xarid qilingan avtomashinani sotib yuborish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda fuqaro E.M. (muqaddam sudlangan) va boshqalar oʻzaro til biriktirib, Sh.Yu. avtokredit evaziga sotib olgan “Lixiang L9” rusumli mashinani garovga taqdim etmasdan fuqaro A.A.ga naqd pulga sotib yuborib, bank manfaatlariga 585,2 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?