Toshkentda bayram munosabati bilan ayrim koʻchalar yopildi

19:01 25 Dekabr 2024 Jamiyat
212 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan ayrim koʻchalar yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent city” bogʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan bugun, 25-dekabr kunidan 2025-yil 10-yanvar kuniga qadar bogʻ ichidagi koʻchalar avtomobillar harakati uchun yopilgan.

Xususan, Oʻqchi, Yangi Toshkent, Zargar koʻchalarida transport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritilgan. Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh koʻchalardan harakatlanish soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?