Toshkentda avtobus yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida avtobus ZIL yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 29-sentyabr kuni soat 21:20 da Jarqoʻrgʻon koʻchasida sodir boʻlgan. ZIL rusumli yuk mashinasi va “Yutong” rusumli avtobus oʻzaro toʻqnashib ketgan.
YHXBga koʻra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida “Yutong” va “King Long” rusumli avtobuslar hamda “Onix” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan edi. Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida yuz bergan YTHda esa “Isuzu” rusumli avtobus ichidagi yoʻlovchilari bilan agʻdarilib ketgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring