Toshkentda avtobus va yuk mashinasi to'qnashib ketdi

11:25 29 Noyabr 2023 Jamiyat
109 0

Bugun 29-noyabr kuni soat 06:50 larda, "4-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Mercedes-Benz" rusumli, davlat raqami 01|128 FCA bo'lgan, 132-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.S boshqaruvidagi avtobus, Yangihayot tumani, Binokor ko'chasi bo'ylab Toshkent MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda, Binokor ko'chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan "MAN" rusumli, davlat raqami 01|Q383 KA bo'lgan yuk avtomobili kelib urilgan.

Dastabki ma’lumotga ko’ra, ushbu yo'l-transport hodisasi natijasida 3 nafar avtobus yo'lovchisi yengil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganligini ma'lum qilamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?