Toshkentda 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandi pichoqlandi

Toshkentdagi shifoxonalardan biriga 31 yoshli ayol va uning 12 yoshli farzandi ogʻir ahvolda olib kelindi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida maʼlum qilingan.
Shifokorlarning soʻzlariga qaraganda, bemorlarning bosh, koʻkrak qafasi va yelkalarida sanchilib kesilgan jarohatlar boʻlgan. Ularning ikkalasi ham tezda jarrohlik amaliyotiga olindi.
“Operatsiya amaliyoti boshlandi. Onaning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, oʻgʻilning holati esa hozirda ogʻir ahvolda boʻlib, jonlantirish boʻlimida kerakli intensiv davolash muolajalarini olyapti”, deydi shifokor.
Jabrlanuvchilar oʻzlarining yaqin qarindoshi tomonidan pichoqlangani aytilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ushbu holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring