Toshkentda 3 ta mashina va skuter oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi

10:23 15 Avgust 2024 Jamiyat
145 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 3 ta avtomobil va skuter ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 14-avgust kuni soat 23:40 larda Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida haydovchi 2002-yilda tugʻilgan O.T. boshqaruvidagi “Cobalt”, haydovchi 1990-yilda tugʻilgan Sh. Y. boshqaruvidagi “Monza”, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan U.M. boshqaruvidagi mototransport (skuter), haydovchi 1999-yilda tugʻilgan M.N. boshqaruvidagi “Spark” toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

“Voqea oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari boshlangan”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер