Toshkentda 10 yoshli oʻgʻlini tilanchilikka chiqargan erkak qamaldi
Kadr: Telegram
Toshkent shahar Sergeli tumanida 10 yoshli oʻgʻlini tilanchilik qilish uchun chiqargan erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, erkak oʻzining oʻn yoshli farzandini koʻchaga tilanchilik qilish uchun chiqarib, kuzatib turgan vaqtida xodimlar tomonidan ichki ishlar boʻlimiga olib ketilgan.
“Oʻgʻlim tilanchilik qilgan, koʻrmay qolibman. Holat boshqa takrorlanmaydi”, deydi ota.
Qayd etilishicha, ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan oʻn sutka maʼmuriy qamoq jazosi, BHMning bir barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring