Poytaxt hududi Toshkent viloyati hisobiga kengayadi. Loyiha deputatlar tomonidan qabul qilindi

15:48 16 Avgust 2021 Siyosat
1684 0

Qonunchilik palatasi tomonidan “Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq, va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.

Unga koʻra, Toshkent viloyatidan jami 7853,3 gektar yer maydoni (shundan 3250,1 gektari qishloq xoʻjalik yerlari) Toshkent shahriga, Toshkent shahridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga oʻtkazilishi belgilanmoqda. Jumladan:

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan 1 827,1 gektar yer maydoni (Chorbogʻ, Belariq, Fayzli, Jaloyir, Nomdanak, Qumariq, Xonobodtepa, Taraqqiyot, Qorasuv, Xonobod, Qushbegi, Sohibkor, Istiqlol, Nurafshon MFYlar) Toshkent shahrining Sergeli tumani tarkibiga;

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan 490,0 gektar yer maydoni(Gulbogʻ, Yik ota MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;

Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidan 1 134,2 gektar yer maydoni(Bektemir, Nurafshon, Namuna, Yangi hayot, A.Navoiy MFYlar) Toshkent shahrining Bektemir tumani tarkibiga;

Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 294,6 gektar yer maydoni (Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Doʻstlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bogʻishamol, Vatanparvar, Amr Temur, Mevazor, Gulbogʻ, Gulzor-1, Pastki yuz MFYlar) Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani tarkibiga;

Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 2 107,4 gektar yer maydoni (Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Argʻin, Bahor, Chinor, Tovkentepa MFYlar) Toshkent shahrining Yashnobod tumani tarkibiga;

Toshkent shahrining Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga;

Toshkent viloyatining Bektemir tumani tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga oʻtkazilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib Senatga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?