Toshkent viloyatidagi anchadan beri sotilmagan 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga boʻlib toʻlashga beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan oʻtayotgan yigʻilishda Toshkent tumani viloyat aholisiga uy-joy qurish uchun asosiy baza boʻlishi kerakligi qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent tumani orqali Qozogʻistondan kuniga 44 ming odam, jumladan 2-2,5 ming xorijiy turistlar oʻtib qaytadi.
Mutasaddilarga “Shifobaxsh suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy qurish uchun joy topib, auksionga chiqarish, Shifobaxsh suvlar koʻchasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va koʻngilochar markazlar, koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha master reja ishlab chiqish topshirildi.
Poytaxtdagi korxonalarga viloyatdagi qurilishi toʻxtagan obyektlarga koʻchib oʻtishni taklif qilish muhimligi taʼkidlandi.
Ancha vaqtdan beri sotilmagan 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga boʻlib-boʻlib toʻlashga beriladi. Sharti – ishchilarning 50 foizi kambagʻal oiladan boʻlishi kerak.
Uch yilda tijorat obyektlari poytaxtda 5,7 million kvadratga koʻpaygan boʻlsa, Toshkent viloyatida 1,6 millionga oshdi.
Viloyatda har yili 1 million kvadrat tijorat joyi tashkil qilish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Yil yakunigacha 115 ta koʻp qavatli uy, 39 kilometr suv va 29 kilometr gaz tarmogʻi qurilishini yakunlash vazifasi qoʻyildi.
Zangiota tumanidagi Ibrat va Ulugʻbek mahallalariga xizmat qilgan 2 ta oqova suv inshooti eskirgani, Bogʻzor va Nurobod mahallalaridagi koʻp qavatli uylarda isitish va oqova tizimi muammoli ekani koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga bu 4 ta mahallada suv, oqova va isitish tizimini yaxshilash loyihalarini tayyorlash topshirildi.
Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi.
Bu 5 ta shahar-tuman bir-biri bilan yonma-yon joylashgan boʻlib, xom ashyo zaxirasiga juda boy.
Bu yerlarda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilindi.
Masalan, Olmaliq kombinatida yiliga 600 ming tonna temir tarkibiga qoʻshimcha komponent – “ogarok” ishlab chiqarilayapti. Ohangaron tumani va shahri, Piskentdagi 3 ta sement zavodi ishlab chiqarishda ushbu komponentdan foydalanayapti.
Tumanlar kooperatsiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Zullisonayn shoir nega saroydan bosh olib ketgan edi?
- Irodani qanday mustahkamlash mumkin?
- Xivada sayyohlik yoʻnalishlari koʻpayadi
- TDSI Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
- “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini oʻzgartirish” mavzusida Toshkent shahrida oʻtkaziladi
- Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring