Toshkent viloyatida Salavkiylar sarkardasining noyob koʻzasi topildi
Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon anʼanasiga mos ravishda ishlangan.
Toshkent viloyati Boʻka tumanidan tuxumsimon 2 ta xum va 2 ta Toshkent vohasining oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorliklariga tegishli ashyolar topildi. Bu haqida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, topilgan tarixiy ashyolar orasida sirtiga ayol qiyofasi boʻrttirib gavdalantirilgan toshbaqasimon koʻza noyobdir. Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon anʼanasiga mos ravishda ishlangan.
Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Idishda yunon maʼbudasining tasviri oʻz aksini topgan. Xuddi shunday qiyofa Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasida ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring