Toshkent viloyatida ruxsat etilgan tezlik meʼyori kamaytiriladi

13:17 19 Aprel 2025 Jamiyat
135 0

Hududlardagi avtomobil yoʻllarida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Toshkent viloyatidagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi soatiga 100 kilometrdan 80 kilometr soatga kamaytiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining joriy yil 17-aprel kuni qabul qilingan “Viloyatning ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilan qoʻyilgan.

Mazkur qarorga koʻra, viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining viloyatning 37 ta yoʻl qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullangan.

Shuningdek, viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi avtomobillarning tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga 3.24 “yuqori tezlik cheklangan” yoʻl belgilarini amaldagi talablar asosida besh kun muddatda oʻrnatilishini taʼminlashi aytib oʻtilgan.

Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida cheklagan tezlikda avtomobillar harakatlanishini nazorat qilish uchun shaxsan masʼul etib belgilangan.

Viloyatning 37 ta yoʻl qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligi 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirilayotgan yoʻllar roʻyxati:

Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер