Toshkent viloyatida qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

16:34 10 Aprel 2023 Jamiyat
483 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Angren shahar “Dehqon bozori” oldida “Nexia” rusumli avtotransport vositasi yoʻlovchisi A.S. (muqaddam sudlangan) jami 13 dona 100 ming soʻmlik qalbaki pullarni oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?