Toshkent viloyatida noqonuniy narkolaboratoriya fosh etildi
Bojxona qoʻmitasi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Yunusobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro 1 dona qogʻoz quti ichidagi, Markaziy bojxona laboratoriyasi sud ekspertiza xulosalarida umumiy ogʻirligi 886,426 gramm etib koʻrsatilgan marixuana giyohvandlik moddalari boʻlgan kuryerlik joʻnatmasini qabul qilib olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qoʻlga olindi.
Ushbu fuqaroning Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi dala hovlisi koʻzdan kechirilganida marixuana yetishtirish uchun moʻljallangan laboratoriya tashkil qilgani fosh boʻldi. Dala hovlidan jami 200 tup marixuana oʻsimligi hamda taxminan 5 kg ogʻirlikdagi quritilgan marixuana kukunlari topilib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga oʻtkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring