Toshkent viloyatida “Isuzu” bilan toʻqnashgan “Labo” agʻdarilib ketdi

12:20 12 Avgust 2024 Jamiyat
210 0

Foto: Toshkent viloyati IIBB.

Toshkent viloyati Chinoz tumanida “Cobalt” “Labo”ni yoʻlini toʻsishi oqibatida YTH yuz berdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 10-avgust kuni 15:00 larda “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Buxorolik haydovchi boshqaruvidagi “Labo”da “Toshkent-Sirdaryo” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida bir yoʻnalishda boʻlgan “Isuzu” bilan toʻqnashib ketgan.

Yoʻl-transport hodisasi oqibatida haydovchilarning sogʻligʻiga ziyon yetmagan, mashina texnik shikastlangan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Chinoz tumani IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, mazkur YTHga aloqador boʻlgan «Cobalt” haydovchisining shaxsi aniqlangan», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер