Toshkent viloyatida futbol stadioni qurish uchun daraxtlar kesib tashlandi

11:46 13 Avgust 2025 Jamiyat
261 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qibray tumani “Botanika” mahallasida daraxtlar kesilayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Tuman hokimligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirgan.

Qayd etilishicha, daraxtlar hududni obodonlashtirish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boʻlimi masʼullari ishtirokida kesib tashlangan.

Mazkur mahalla joriy yil “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida «qarovsiz boʻlgan jami maydoni 34 sotix yer maydonini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda mahalla yoshlari uchun umumiy maydoni 800 kvadrat metrni tashkil etadigan sunʼiy qoplamali yopiq futbol maydonini qurish loyihasini yutib olgan.

Loyiha doirasida 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ evaziga zamonaviy, yopiq futbol maydonini qurish va tuman hokimligi tashabbusi bilan hudud atrofini yanada koʻkalamzorlashtirish hamda sayr qilish yoʻlaklarni tashkil etish maqsadida mazkur qarovsiz bogʻdagi qurigan va parvarishlash imkoni mavjud boʻlmagan 3 tup gilos va 3 tup oʻrik daraxtlari hamda 1 dona siren butasi, jami 7 dona daraxt kesilgan.

“Mahallada «Yashil bogʻ” tashkil etish, aholining maroqli dam olishi uchun qulay va ekologik toza hudud yaratish maqsadida barpo etilishi rejalashtirilayotgan mazkur loyihada aholi vakillarining taklif va tavsiyalari ham inobatga olingan», deyiladi rasmiy munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер