Toshkent viloyatida 733,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan oʻgʻrincha foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi
Toshkent viloyati Qibray tumanida 733,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “mayning ferma” fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi, DXX, IIB va “Oʻzenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida tezkor qidiruv tadbiri oʻtkazilgan.
Tadbir davomida Qibray tumani, Taraqqiy MFYdagi xonadonda yashovchi И.Б. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 733,2 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring