Samarqand shahri hududi kengaytiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qoʻshib beriladi. Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi. Bu haqda Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilindi.
Shu bois, aholisi va daromadi kundan kunga oʻsib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga boʻlgan talabni taʼminlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olindi.
Jumladan, “Shirin” massivida 180 ming, “Temiryoʻl orti” hududida 100 ming, “Qorasuv-2” massivida 30 ming aholi uchun 700 dan ortiq zamonaviy koʻp qavatli uylar barpo etiladi.
Bu yerlarda maktab, bogʻcha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, koʻngilochar maskanlar ham quriladi.
Samarqand shahridagi 49 ta viloyat tashkiloti kelasi yil “Shirin” massiviga koʻchadi. Shu yil oxirigacha bu massivni shahar markazi bilan bogʻlovchi “Qoradaryo” ustidan oʻtgan 577 metrli koʻprik ishga tushiriladi.
Ispaniyalik investorlar bilan xususiy sheriklik asosida ushbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi.
Shaharda yuk transporti harakatini kamaytirish maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan oʻtuvchi magistral yoʻl boʻyida 4 ta logistika markazi barpo etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring