Toshkent viloyatida 41 yoshli erkak 4 yoshli qizni zoʻrladi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida 4 yoshli qiz zoʻrlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Xalq soʻzi”ga tasdiqladi.
Maʼlum boʻlishicha, 1983-yilda tugʻilgan erkak 2020-yilda tugʻilgan qizga jinsiy tajovuz qilgan. Manbalar, qizcha hozirda shifoxonada ekanini yozmoqda.
Shamsutdinovga koʻra, mazkur holat yuzasidan Yangiyoʻl shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119- (Jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) va 273-moddalari (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring