Toshkent viloyatida 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Foto: Kun.uz
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 2 ta yuk mashinasi hamda 2 ta yengil avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 1-aprel kuni soat taxminan 08:00 larda Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 34-kilometrida yuz bergan. Toʻrtta transport vositasi — “Howo” va ZIL rusumli yuk avtomobillari hamda “Cobalt” va “Nexia”rusumli yengil mashinalar oʻzaro toʻqnashgan.
“Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida harakat ishtirokchilari sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan”, deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring