Toshkent viloyatida 13 ta noyob yodgorlikka 342 mlrd soʻm zarar yetkazildi
Foto: Bosh prokuratura
Toshkent viloyatida 13 ta noyob yodgorlikka 342 milliard soʻm zarar yetkazilgani aniqlanadi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura tomonidan Toshkent viloyatida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Tekshirishda 13 ta noyob arxeologiya yodgorligiga jjami 342 milliard soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan, xxususan:
- Oqqoʻrgʻon tumanida “Zokirtepa” (V – VII asrlar) yodgorligining 1400 m3 qismi terak ekish uchun qazilishi natijasida 44,6 milliard;
- “Sanchtepa” yodgorligining 129 m3 qismi yoʻl ochish uchun tekislanib 2,2 milliard;
- Parkent tumanida “Qoravultepa” yodgorligining 941 m3 qismi va “Yertepa” yodgorligining 23 m3 qismi buzilib, jami 16,4 milliard;
- Piskent tumanida “Mingtepa” (mil. avv. V asr) yodgorligining 7000 m3 qismi buzilib, 231 milliard;
- Ohangaron tumanida “Dumgalaktepa” (V — VI asrlar) yodgorligining 658 m3 qismi texnika yordamida qazilib 21 milliard;
- Yuqorichirchiq tumanida “Xojakaytepa” (V — VII asrlar) yodgorligining 43 m3 qismi tekislanib 1,3 milliard;
- Oʻrtachirchiq tumanida “Tuyaboʻgʻiztepa” yodgorligining 54 m3 qismi buzilib, 1,7 milliard;
- Nurafshon shahrida “Chordaratepa” (III — VIII asrlar) yodgorligining 38 m3 qismi buzilib 1,2 milliard soʻm zarar yetkazilgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi BP xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring