Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi
Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi
Toshkent viloyatida koʻp yillik chinor daraxtini kesgan shaxs tabiatga 199 milliondan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, boshqarma inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumani Xalqobod MFY, Oʻzbekiston koʻchasida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Reyd davomida mazkur hududda yangi qurilgan avtomobillarni yuvish shoxobchasining kirish qismida bir tup koʻp yillik chinor daraxti tag qismidan kesilgani, bir tupining esa tana qismiga qasddan shikast yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat boʻyicha inspektorlar tomonidan tezkor surishtiruv oʻtkazib, holatni 1973-yilda Toshkent shahri Chilonzor tumani, Gavhar koʻchasida yashovchi fuqaro X.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
“Ushbu holat yuzasidan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalari talablarini buzilgani va 199 million soʻmdan ortiq miqdorida tabiatga zarar yetkazganligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirgi kunda ish boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborish choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring