Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro kongressda 35 da davlatidan olimlar ishtirok etmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Bugun joriy yilning 23-26-avgust kunlari Toshkent va Samarqandda oʻtkazilayotgan “Buyuk ajdodlar merosi — Uchinchi renessans poydevori” VIII xalqaro kongressi tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Kongressini Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston madaniy merosini asrash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov kirish soʻzi bilan ochdi.
Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning 35 da davlatidan 300 ga yaqin olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida IRSIKA, AYSESKO, TURKSOY, “Al-Furqon” fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbarlari, Islom olami robitasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari bor.
Ochilish marosimi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Xayriddin Sultonov tomonidan “Buyuk ajdodlar merosi — Uchinchi Renessans asosi” VIII xalqaro Kongressi ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi oʻqib eshittirildi.
Prezidentimiz yoʻllagan tabrikda Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ochilish marosimida anjumanning nufuzli mehmonlari qutlov soʻzlarini aytib, hamkorlik loyihalari haqida qatnashchilarga qisqacha maʼlumot berib oʻtishdi.
Shundan soʻng qatnashchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga qaratayotgan yuksak eʼtibori yaqqol ifodasini topgan hujjatli film va Butunjahon jamiyati faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi.
Shundan soʻng yalpi yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Islom sivilizatsiyasi markazi va xorijiy dizaynerlar oʻz loyihalari va konsepsiyalari, muzeylar va Imom Buxoriy markazining koʻrgazmalari konsepsiyalari ilmiy xodimlar tomonidan taqdim etildi. Milliy mutaxassislar hamkorlikdagi loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeyining koʻrgazmalari boʻyicha videoroliklar namoyish etildi.
Yalpi yigʻilishdan soʻng Kongress oʻz ishini yettita shoʻba doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeylarining ekspozitsiyalari boʻyicha taqdim qilingan loyihalarni muhokama qilish bilan davom ettirdi.
Kongressning maqsadi ham Yangi Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yoʻli, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, xalqimizning boy madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda mahalliy olimlar va xalqaro ilmiy ekspertlar hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring